May oyining birinchi va ikkinchi o‘n o‘n kunliklarida Amudaryodan juda ham kam suv oqib o‘tdi

May oyining birinchi va ikkinchi o‘n o‘n kunliklarida Amudaryodan juda ham kam suv oqib o‘tdi

May oyining birinchi o‘n kunligida Amudaryoning Qoraqum kanaliga suv olishi 1.217 km kub ni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2019 yilning shu davrida bu 1936 km kub, 2020 yilda — 1.74 km kub, 2022 yilda — 1.872 km kub edi.

Ikkinchi o‘n kunlikda oqim 1.293 km kubni tashkil etdi, 2019 yilning shu davrida 2.046 km kub, 2020 — 2 km kub, 2021 — 2.2 km kub, 2022 — 2.353 km kub bo‘lgan.

Amudaryo oqimi hozirda 2019-2022 yillarning xuddi shu davr o‘rtacha ko‘rsatkichining atigi 60% ni tashkil etdi. E’tibor bering, biz ko‘p yillikka nisbatan emas, sezilarli darajada issiq va quruq o‘tgan oxirgi 4 yillikka nisbatan solishtiryapmiz.

Amudaryoning sayozligi hatto sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida ham aniq ko‘rinadi. Birinchi tasvir joriy yilning 9 martida, ikkinchisi 26 mayida olingan (daryoning Gubadag tumanidagi turkman-o‘zbek chegarasi yaqini).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!