Maxachqal’adagi safarbarlikka qarshi namoyishlarda 100 kishi hibsga olindi

Maxachqal’adagi safarbarlikka qarshi namoyishlarda 100 kishi hibsga olindi

Polisiya Maxachqal’adagi safarbarlikka qarshi namoyishlarda yuzdan ortiq namoyishchini hibsga oldi.

Yakshanba kuni Rossiyada Ukraina bilan urushga safarbarlikka qarshi norozilik namoyishlari davom etdi. Dog‘istonda odamlar katta yo‘lni to‘sib, “urush yo‘q” deb hayqirgan, xavfsizlik kuchlari esa havoga o‘q uzgan; Yoqutistonda ham maydonda kuylab, raqsga tushishdi.

Dog‘istonda Xasavyurt yaqinidagi katta Endirey qishlog‘i aholisi safarbarlikka norozilik bildirib, Xasavyurt-Maxachqal’a avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Keyinchalik Maxachqal’a shahrida ayollar ishtirokida norozilik aksiyasi boshlandi.

Namoyishlarni yoritgan "Podval Dagestana" Telegram kanali administratori qidirilmoqda.

Hibsga olishlar haqidagi ma’lumotlar "OVD-Info" inson huquqlari loyihasi tomonidan taqdim etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!