O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Afrika va Yevroosiyoda ko‘chmanchi yirtqich qushlarni saqlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumiga qo‘shildi.
Memorandum 11 fevral kuni CMS COP14 «Markaziy Osiyoda ko‘chib yuruvchi turlarni saqlash bo‘yicha transchegaraviy va mintaqaviy hamkorlik» sessiyasi doirasida imzolandi.
Hujjatni O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Qirg‘iziston Respublikasi tabiat resurslari, ekologiya va texnik nazorat vaziri Melis Turg‘unboyev, Qozog‘iston ekologiya va tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari Nurken Sharbiyevlar imzolashdi.
«Mazkur memorandum ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar oldidagi to‘siqlarni bartaraf etish, ularning bir hududdan boshqa hududga ko‘chib o‘tishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni ko‘zda tutadi. Bu esa ko‘chmanchi hayvonlarni muhofaza qilish va bu orqali bioxilma-xillikni saqlashga imkon yaratadi. Qolaversa, Markaziy Osiyo davlatlarining bu boradagi birdamligini mustahkamlaydi», — dedi Aziz Abduhakimov.
Ma’lumot uchun: mazkur memorandum yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq tuzilgan xalqaro shartnomadir. O‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan davlatlar yirtqich hayvonlar turlarini butun tarqalish zonasida qulay saqlash maqomiga erishish va ularning kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar va harakatlarni amalga oshirish majburiyatini oladilar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Самарқанд шаҳрининг "Конигил" маҳалласидан жой олган ва маҳаллий аҳоли орасида “қўзиқорин шаклидаги уй” сифатида машҳур бўлган ноқонуний 12 қаватли бинони бузиш ишлари бошланди.
Интернет ижтимоий тармоқларида Бешариқ туманида “ёввойи” кимса пайдо бўлгани ва аёллар, болaларга ташланиб қолаётганлиги ҳақида тарқалган хабар Фарғона вилояти ИИБ томонидан ўрганиб чиқилди.
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Европа мамлакатлари Россия энергия манбаларидан воз кечишга уринишган бўлса-да, 2022 йилдан кейин, айниқса табиий газ бўйича, бу йўналишда барқарор натижа қўлга киритилмади.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.