Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochildi

Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochildi

Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Nursulton Nazarboyev qatnashdi. Bu Elboshining so‘nggi 2 oyda ilk marta omma oldida chiqishidir.

“Prezident vakolatlarini topshirishimdan bir kun oldin ushbu masjidning tamal toshini qo‘yganman. Men musulmon sifatida masjid qurilishiga tashabbus ko‘rsatishni muqaddas burchim deb bildim. Bu masjid dunyodagi eng katta masjidlardan biridir”, - deydi Qozog‘istonning birinchi prezidenti.

Elboshining so‘zlariga ko‘ra, yangi masjidning umumiy sig‘imi 235 ming kishini tashkil etadi. Qurilishga byudjetdan bir tenga ham sarflanmagan, barchasi sarmoyadorlar hisobidan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!