Markaziy bank vakili Klirstrim (Clearstream)ning Markaziy, Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha 18-sammitida ishtirok etdi

Markaziy bank vakili Klirstrim (Clearstream)ning Markaziy, Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha 18-sammitida ishtirok etdi

Joriy yilning 16-17 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ul xodimi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi vakillari bilan birgalikda Klirstrim (Clearstream)ning Markaziy, Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha 18-sammitida ishtirok etdi.

Klirstrim xalqaro markaziy depozitariysi tomonidan Budapesht (Vengriya) shahrida o‘tkazilgan mazkur xalqaro tadbirda yirik xorijiy banklar, xorijiy davlatlarning markaziy depozitariylari va moliyaviy tashkilotlarning yetakchi ekspertlari qatnashdi.

Tadbir dasturidan jahon moliya bozoridagi dolzarb mavzular – moliya sohasida sun’iy intellektning o‘rni, ma’lumotlarni qayta ishlashdagi innovasion yechimlar, xususan, post-treyding (kliring va hisob-kitob) sohasini raqamlashtirishdagi dolzarb tendensiyalar va boshqa masalalar muhokamasi o‘rin oldi.

Sammit doirasida Klirstrim bosh direktori Samuyel Rayli va Klirstrimning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy direktori Isa Ribeyro bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda bank-moliya tizimi, xususan, pul-kredit siyosati, inflyasion targetlash hamda kapital bozori sohasidagi o‘zgarishlar muhokama qilindi. Shuningdek, Klirstrim xalqaro depozitariysining O‘zbekiston kapital bozoriga kirishi, pul mablag‘lari bo‘yicha Markaziy bankda, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha esa Markaziy depozitariyda tegishli vakillik hisobvaraqlari ochishi istiqbollari xususida fikr almashildi.

Sammit ishi doirasida O‘zbekiston delegasiyasi vakillari, shuningdek, «OTP Bank» (Vengriya) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston kapital bozorida o‘rnatilgan talab, mavjud imkoniyatlar hamda «OTP Bank»ning ushbu bozorda ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!