Markaziy bank raisi o‘rinbosarlaridan biri boshqa ishga o‘tkazildi

Markaziy bank raisi o‘rinbosarlaridan biri boshqa ishga o‘tkazildi

O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Orif Aliboyevich Bo‘tayev o‘z lavozimini tark etdi.

Orif Bo‘tayev «O‘zsanoatqurilishbank» raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Orif Bo‘tayev 1983 yilda tug‘ilgan, 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2012 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

U muqaddam Markaziy bankning Kredit ma’lumotlarining davlat reestrini yuritish departamentini boshqargan, 2018 yilning noyabridan buyon Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!