Marixuana olib o‘tishga uringan fuqaro fosh bo‘ldi

Marixuana olib o‘tishga uringan fuqaro fosh bo‘ldi

Bojxonachilar giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borishmoqda. Jumladan, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona posti xodimlari tomonidan giyohvandlik vositasini olib o‘tishga uringan fuqaro to‘xtatib qolindi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi.

Jumladan, xorijga uchib ketayotgan fuqaro K.E.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida og‘irligi 7,53 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasi va maxsus marixuana maydalagichi, tarozi, elektron tarozi, chilim, naychalar ham rezina bo‘lakchalar borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!