“Marhum qaynonang uchun ham to‘laysan!” yoki yana o‘qituvchilar, “Suvoqova“ DUK va MIB mashmashasi...

A A A
“Marhum qaynonang uchun ham to‘laysan!” yoki yana o‘qituvchilar, “Suvoqova“ DUK va MIB mashmashasi...

Bir necha kun avval internet saytlari orqali Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi 49-maktab o‘qituvchilarining bank plastik kartalari Majburiy ijro byurosi tomonidan bloklab qo‘yilganligi keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgandi. Bugun sizlar bilan ana shu mavzuda ayrim mulohazalarni o‘rtoqlashmoqchimiz.

O‘zbekiston tumani Suvoqova DUKning 18 ming kishilik abonentlar bazasidagi qarzdorlik va haqdorlik ma’lumotlariga tumandagi aksariyat aholi ishonmaydi. Chunki bu baza deganlari chalkashliklar, noaniqliklar, taxminlarga to‘la. Tuman Suvoqova DUKning MIBga yuborgan, lekin asoslanmagan qarzdorlar ro‘yxati sabab ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama hamda munozaralarga sabab bo‘lgan bu mashmashalar ana shunday boshlandi.

O‘zbekiston tumani Majburiy ijro byurosi ATB Agrobank O‘zbekiston tumani filialiga 2019 yilning 23 yanvar kuni №11-202119-sonli qarzdor o‘qituvchilarning bank plastik kartalari faoliyati qarzdorlik bartaraf etilmagungacha to‘xtatib qo‘yilishi lozimligi mazmunida xat yuboradi. Talabnoma shu kunning o‘zidayoq bank rahbariyati tomonidan ijroga qo‘yilib, 49-maktabning 78 nafar o‘qituvchisiga tegishli bank plastik kartochkalari muzlatib qo‘yildi.

Xulosani o‘zingiz chiqaring!

Rustamjon Hakimov, 49-maktab direktori:

25 yanvar kuni yumushlar bilan Qo‘qon shahrida edim. Uydan telefon qilishib dori-darmon olib kelishimni so‘rashdi. Dorixonadan 42 ming so‘mlik savdo qildim. Plastik kartam ishlamayotganligini aytishdi. Naqd pulim kamroq edi. Shunday xijolat bo‘ldimki, yer yorilmadi, yerga kirib ketmadim. Fuqarolik pasportimni garovga qoldirib sotib olganlarimni nasiyaga olib keldim. Surishtirsam, 78 nafar o‘qituvchimizning aksariyatini plastik kartalari kommunal to‘lovlardan qarzi borligi uchun MIBning talabnomasiga asosan bank tomonidan bloklab qo‘yilibdi.

Maktabimizda ikki smenada 100 nafardan ortiq o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi. 30 nafari Furqat, Beshariq tumani hamda Qo‘qon shahridan qatnab ishlaydi. Ularning ayrimlariniki ham bloklangan. Shundan so‘ng ommaviy axborot vositalariga murojaat qilishga majbur bo‘ldik. O‘qituvchilarimiz 3-4 kun mobaynida bank plastik kartalarini blokdan chiqarish uchun MIB, bank, Suvoqova DUK, tuman elektr tarmoqlari, Gazta’minot UK tuman bo‘limlari, obodonlashtirish boshqarmalari orasida bo‘zchining mokisidek rosa sarson bo‘lishdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, (internet saytlarida material e’lon qilingandan so‘ng) 5 fevral kuni 15:00 da tumanimiz prokurori, MIB tuman bo‘limi rahbari boshchiligida xodimlar kelib, jamoamiz bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi va har ikki tomondan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar masalasida fikr almashildi, mavzuga oid masalalar hamda kommunal to‘lovlar haqida savol-javoblar o‘tkazishdi. Ochiq muloqotning ertasiga Suvoqova DUKdan yana bir ro‘yxat oldik. Unda 78 nafar qarzdor o‘qituvchining 30 nafari qarzdorlikni bartaraf etganligi aytilgan va ro‘yxat yangidan shakllantirilgan. Tuman Suvoqova DUK bu ro‘yxati bilan yana bir qovun tushirdi ! Yangilangan ro‘yxatdagi 48 nafar qarzdor muallimning 14 nafari maktabdan o‘z arizasiga ko‘ra, 1-2 yil avval bo‘shab ketgan. Bunisiga nima deysiz?! Ular bunaqangi ro‘yxatlarni qayerdan olishyapti?

Mahfuza Ergasheva, 49-maktab rus tili fani o‘qituvchisi, Bozoryaypan MFY, G‘azalxon ko‘chasi.

Tabiatan juda tartibliman, ayniqsa, kommunal to‘lovlarida. Yangi suv hisoblagich o‘rnatganmiz. Oldindan 100 ming so‘m to‘lab ham qo‘ygan edik. Qoraro‘yxat da esa 148 ming so‘m qarz bor, deb yozib qo‘yishibdi. Surishtirib, qayta hisoblatgandim, haq bo‘lib chiqdim. Kommunal to‘lovlarni qanday hisoblashyapti, hayronman...

Mahmuda Po‘latova, texnologiya fani o‘qituvchisi, Yaypan shahri, Dadajon Yo‘ldoshev ko‘chasi.

Kelinim bilan 49-maktabda birga ishlaymiz, bir xonadonda istiqomat qilamiz. Eng kulgili jihati, tuman Suvoqova DUK ro‘yxatida menga 170 ming so‘m, kelinimga 150 ming so‘m qarz chiqarib berishibdi. Bir xonadonda istiqomat qilib, bir suv resursidan foydalanib, ikkimizga ikki hil qarz puli chiqadimi? Menimcha, MIBga qarzdorlik ro‘yxati ko‘r-ko‘rona, asossiz taqdim etilgan.

Iroda Tursunova, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi, Qulibek qishlog‘i, Boltaboyev ko‘chasi.

Oilada hozir 4 kishi istiqomat qilamiz. MIB ro‘yxatida bizga 110 ming so‘m qarz yozilgan. Suvoqova DUKda esa 375 ming so‘m qarzingiz bor , deb aytishdi. 5 jon boshiga hisoblashayotgan emish. Qaynonam 2016 yilning noyabr oyida olamdan o‘tganligini aytdim. O‘limi haqida guvohnomani olib kelmaganimiz uchun marhum qaynonam uchun ham suv puli to‘lar emishman. Axir Suvoqova dagilar MFY bilan solishtirma (sverka) qilishmaydimi?

Umida Mirzaakbarova, o‘qituvchi, Turkiston MFY , Turkiston ko‘chasi.

Taqdim etilgan ro‘yxatga ko‘ra, oilamizning ichimlik suvidan 148 ming so‘mlik qarzdorligi bor ekan. Lekin turmush o‘rtog‘im kommunal to‘lovlarga juda hushyor bo‘lganligi bois oldindan 100 ming so‘m to‘lab qo‘ygan edik. Biz mahallamizda ko‘chaning narigi tomonidagi bog‘ ichidan chiqadigan buloq suvidan iste’mol qilamiz.Yoz oylarida u ham qurib qoladi. Suvning qattiqlik darajasi juda yuqori. Aslida artezian suviga va unga ketgan xarajatlar uchun to‘lov qilmaymizmi. Lekin shunday bo‘lsa-da yana qo‘shimcha tarzda 48 ming so‘m to‘lab keldim. Suvsiz qolmaganimizga shukr qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 may kungi PF-5059-sonli Farmoni 4-bandi, birinchi xatboshisida jismoniy va yuridik shaxslarga energiya resurslari uchun qarzdorlikni bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnomalar yuborish ko‘zda tutilgan. MIB mutasaddilari nega eng birinchi navbatda xodimlarining xonadonlariga aynan shu belgilangan tartibda talabnoma yuborishmadi? Yoki ikkinchi muqobil variant xuddi shu bandning uchinchi xatboshisida belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi qarzdorlikni xodim iste’molchilarning ish haqidan ushlab qolish haqida ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnomalar yuborish tartibida qo‘llanilmadi. Soddaroq aytganda, maktab direktori nomiga shu mazmunda xat rasmiy tarzda pochta orqali jo‘natilmadi. Vaziyat chigallashib, maktab rahbariyati va xodimlari talabnomalarga hamda mavjud qarzdorlikka befarq munosabatda bo‘lganlarida edi, oxirgi chora plastik kartalarni bloklash usul i qo‘llanilishi kerak emasmidi?!

O‘zbekiston tumani MIB rahbariyati nega oxirgi usul ni boshidayoq qo‘llashdi?! Ustiga-ustak, nima uchun tuman Suvoqova DUK taqdim etgan qarzdorlik ro‘yxatining ishonchlilik darajasi ham tekshirib ko‘rilmadi?!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 fevral kungi PF-5343-sonli Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi dagi Farmonining 8-band, 2-xatboshisida ...ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan qarzdor jismoniy va yuridik shaxslar yirik bitimlarni amalga oshirish, alohida turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalana olmaydilar , deyilgan. Bu ayni haqiqat! Biroq qonunda nazarda tutilgan birlamchi choralar qo‘llanilmasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolarning bank plastik kartalari bloklab qo‘yilishi to‘g‘rimi? Axir o‘qituvchilar chet ellarga qochib ketishgani yoki kommunal to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotganlari yo‘q-ku? Buning ustiga, Suvoqova tashkilotining qarzdorlar bo‘yicha bergan ma’lumotlarining aksariyati noto‘g‘ri, tekshirilmagan, chalkash bo‘lib chiqsa-chi? Birgina asossiz ma’lumotni MIBga taqdim etgan, 78 nafar o‘qituvchining uch kunlab vaqti uvol qilinishiga sabab bo‘lgan tashkilotning ham qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarligi bormi?!

Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun degan shior hammamiz uchun taniqli va mashhur. Nega shu voqeliklar doirasida tegishli bank ma’muriyati o‘z mijozlari o‘qituvchilarni himoya qilmadi?! Bu bankka nisbatan ishonchsizlikni yuzaga keltirmaydimi? Jilla qursa, maktab ma’muriyatiga xabar berib, vaziyatga oydinlik kiritish orqali ularni muhofaza qilishga urinib ham ko‘rishmadi. Eng qizig‘i, mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnoma shartlarida bu kabi holatlar umuman hisobga olinmagan. Tuman xalq ta’limi bo‘limi yurist-konsultantini-ku, bu voqealardan umuman xabari yo‘q edi. Suhbat jarayonida yurist oddiygina qilib xabarim yo‘q ekan , deb qutula qoldi. Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi O‘zbekiston tumani Kengashi og‘zaki hamda shunchaki o‘zaro telefonda muammolarni bartaraf etishga harakat qilgan bo‘lsa-da, rasmiy tarzda biror chora-tadbirlarga qo‘l urmadi. Nega? Xalq ta’limi vazirligi bu voqealar doirasida tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiridan tushuntirish xati olgan bir paytda O‘zbekiston tumanida o‘qituvchilarning haq-huquqlarini tish-tirnog‘i bilan himoya qiladigan nodavlat tashkilotlari, idoralar qolmadimi? Afsuski, bu kabi beradigan savollarimiz juda ko‘p. Mutasaddilardan esa sabrsizlik bilan javob kutamiz.

So‘ngso‘z o‘rnida: Saytimiz orqali joriy yilning 4 fevral kuni e’lon qilingan DUK taxmin qiladi, MIB o‘rganmaydi, oqibatda aholi jabr ko‘radi... Qachongacha?! maqolasi ham ayni shu mavzuga aloqador. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabr kungi Farmonining uchinchi va beshinchi xatboshisida suvni ishlab chiqarish, yetkazib berish, sarflash va iste’mol qilishni hisobga olish tizimining amalda mavjud emasligi, oqibatda uning yetkazib berilishi, to‘lovlar o‘tkazilishi va o‘zaro hisob-kitoblar holati haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligi ta’minlanmayapti, vodoprovod-kanalizasiya xo‘jaligi tashkilotlari xodimlarining kasbga tayyorgarlik darajasi past, malakali kadrlar tizimdan chiqib ketgan, ushbu sohadagi xodimlar tomonidan huquqbuzarlik sodir etish holatlari mavjud , deyilgan. Bu ayni haqiqat. Bizningcha, bundan oldingi maqolamizda bayon qilgan xulosamizni yana eslatamiz: aholining to‘lov qobiliyati va madaniyatini shakllantirishda, eng avvalo, barcha tumanlarda Suvoqova DUKning o‘zini isloh qilish kerak. Ular faoliyatini zudlik bilan belgilangan tartibda qonunga muvofiqlashtirish zarur. Qolaversa, huquq-tartibot idoralari tomonidan tez fursatlarda barcha tuman va shaharlarimizda faoliyat ko‘rsatayotgan Suvoqova davlat unitar korxonalari faoliyatiga qonuniy baho berilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi

Эдмонто шаҳрида бўлиб ўтган Канада ва Ўзбекистон миллий жамоалари ўртасидаги ўртоқлик ўйини якунига етди.

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Rossiya bilan munosabatlarimiz o‘zgarish arafasida – Pashinyan

Европа Иттифоқи ва Евроосиё иқтисодий иттифоқи ўртасидаги танлов муқаррар бўлиб қоладиган лаҳзагача биз Евроосиё иқтисодий иттифоқида фаолиятимизни давом эттирамиз.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.