«Manchester Siti» va «Chelsi» Chempionshipga tushirib yuborilishi mumkin

«Manchester Siti» va «Chelsi» Chempionshipga tushirib yuborilishi mumkin

Angliyada kutilmagan yangilik yangradi: «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari Premyer-ligadan Chempionshipga tushirib yuborilishi mumkin. Sabab — ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklar.

Ayni paytda APL klublarni o‘rganmoqda. Agar qoidabuzarliklar aniqlansa, klublar jazoga tortiladi. Hattoki jamoalar Chempionshipga tushirilib yuborilishi mumkin.

«Chelsi» transferdagi vositachilarga yashirincha pul to‘lagani taxmin qilinmoqda. «Manchester Siti» esa, APLdagi ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi 14 yil ichida 115 ta holatda moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun moliyaviy halol o‘yin qoidasining buzilishi tufayli «Everton»dan 10 ochko olib tashlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!