Manba: Yangi tarkibdagi Oliy Majlis palatalarining ilk qo‘shma majlisi 21 yanvarda bo‘ladi

Manba: Yangi tarkibdagi Oliy Majlis palatalarining ilk qo‘shma majlisi 21 yanvarda bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining navbatdagi chaqiriq ilk qo‘shma majlisi 21 yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, yangi saylangan deputat va senatorlarga guvohnomalar 19 yanvar kuni topshiriladi. 20 yanvarda esa Qonunchilik palatasi va Senatning ilk majlislari bo‘lib o‘tadi va bu yig‘ilishlarda Prezident har ikki palata vakillari oldida alohida-alohida chiqish qiladi.

21 yanvarda esa parlament palatalarining qo‘shma majlisi o‘tkazilib, unda Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, kelayotgan haftada davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llaydi. 2020 yil nomi ham e’lon qilinishi kutilayotgan majlis sanasi hozircha noma’lum.

Boshqa bir manba xabariga ko‘ra, prezident murojaatnomasi munosabati bilan o‘tkaziladigan yig‘ilish «Tashkent city» hududidagi Xalqaro kongress-hollda bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!