Mana, Norboyeva nega Senatda: "Uchinchi qadamda qonun bilan “mixlaymiz”!"

A A A
Mana, Norboyeva nega Senatda: "Uchinchi qadamda qonun bilan “mixlaymiz”!"

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva 1000 nafar mehmonlarni qabul qilish imkoniyatiga ega yirik restoranlar rahbarlariga, bu restoranlarni mehmonxonaga aylatirish kerakligi taklifini bildirdi, deb yozmoqda Qalampir nashri.

Kecha, 18 sentyabr kuni Halq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etdi.

Unda Tanzila Norboyeva so‘z olib, joriy yilning 14 sentyabr kuni qabul qilingan “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorga to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, ushbu qarorning qabul qilinishiga aynan Toshkentdagi dabdabalar sabab bo‘lgan. 

“Senatning yig‘ilishida to‘ylar masalasida qaror qabul qildik. Ushbu qarorga 10 mingdan ortiq odamlar onlayn ovoz berdi.  Ana shu ovozlar asosida qaror qabul qilindi. Men aytmoqchimanki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining ushbu qarori qonuniy kuchga ega. Bu qaror kim uchun qilindi, degan savolga javob shuki, birinchi navbatda Toshkent shahri uchun qilindi. Respublika uchun amal qiladi, ammo o‘zagida Toshkent shahri turibdi. Chunki hamma dabdaba Toshkent shahrida bo‘lyapti”. 

Ma’lumki, O‘zbekistonda so‘nggi 10 yil ichida to‘y industriyasi rivojlandi. To‘y-hashamlar, marosim va tadbirlarni tashkil etuvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, yangidan-yangi dabdabalarni o‘ylab topuvchi korxona va tashkilotlar tuzildi. Bir tarafdan olib qarasang, ular ham tadbirkor. Pul topyapti, xizmat ko‘rsatyapti, ish bilan ta’minlayapti, soliq to‘layapti. Ikkinchi tarafda esa milliy qadriyat, urf-odat, ma’naviyat, ta’lim va tarbiya haqida bong urilmoqda. Tanzila Norboyeva so‘zida davom etarkan aynan tadbirkorlik masalalariga to‘xtaldi. 

“Aytishingiz mumkin: tadbirkorlik huquqi u bo‘lyapti, bu bo‘lyapti... Qachonki, odamlarning tinchligi buziladigan, ularning urf-odatlariga putur yetayotgan bo‘lsa, yoshlarimiz tarbiyasiga zarar keltirilayotgan bo‘lsa, biz bunday tadbirkorlikni qandaydir cheklovlar bilan baribir tartibga solishimiz kerak bo‘ladi”. 

Shundan so‘ng u Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga a’zolari oldiga quyidagi vazifalarni ko‘ndalang qo‘ydi: 

“Navbatdagi sessiyada to‘y va marosimlarni o‘tkazishdagi tartib bo‘yicha alohida chora-tadbirlarni belgilab olinglar, buni Toshkent shahar namunali bo‘lib ko‘rsatishi kerak. Qaror – ikkinchi qadam. Uchinchi qadamda qonun bilan “mixlaymiz”. Lekin bu qaror ham qonuniy kuchga ega. Toshkent shahar bitta ham “narusheniye” qilmasligi kerak. Biz 1 yanvardan kuchga kiradi deganmiz. Lekin hozirdanoq targ‘ibotini olib borish kerak”.

Ma’lumki, poytaxt Toshkentda 10 dan ortiq 700-800, hatto, 1000 kishini bag‘riga sig‘dira oladigan restoranlar bor. Xo‘sh, ular nima qilishi kerak. Norboyeva quyidagicha maslahat berdi: 

“Restoranlar rahbarlariga aytish kerak: juda katta restoran qurgan bo‘lsa, uni mehmonxonaga aylantirsin. 1000 ta odamni chaqirib to‘y qilmaydi endi. Buning javobgarligi bo‘ladi”.

Bugungacha poytaxtdagi to‘ylarda mehmonlar soni o‘rtacha 300-350 ta bo‘lib kelayotgandi. Ammo katta-katta ko‘rgazma zallarida, saroymonand restoranlarda 600 dan 1000 tagacha mehmon chaqirib taklif qilib, xorijdan san’atkor olib kelib to‘y qilganlar ham bo‘ldi. Xullas, dabdabali to‘ylarga ruju qo‘yganlar orasida ayrim mansabdorlar ham. Ana shunday mansabdorlardan bir qanchasi kecha Toshkent shahar hokimligida o‘tgan yig‘ilishda ham savlat to‘kib o‘tirgan edi. Ular haqida Norboyeva shunday deydi:

“Internetni o‘qiyapsizlarmi? Internetda nima deyishyapti: o‘zlari uchun chiqaribdi bu qarorni, o‘zlari rioya qilsin birinchi navbatda... Rahbarlar, hokimlar, hokim o‘rinbosarlari, hamma darajadagi rahbarlar o‘zi namuna bo‘lib, mana shunday marosimlarni o‘tkazishi kerak. Shundagina xalq bizning ortimizdan ergashadi. Qachonki biz o‘zimiz dabdaba qilaversak, ijroni esa xalqdan talab qilsak, kulgili bo‘ladi. Ertaga yana karikatura qilib, o‘zimizni chiqarib qo‘yishadi”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

“Agar mening qo‘limda bo‘lsa, men neftni olib qo‘yar edim. Lekin AQSh xalqi buni tushunmaydi deb o‘ylayman,” — Tramp

Эрон халқи қурол олса, қаршилик кўрсатади. Агар уларда қурол бўлса, Эрон жуда тез таслим бўлар эди.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Президент Шавкат Мирзиёев 6 апрел куни иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.