Malika Diananing hech kim ko‘rmagan maktublari kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Malika Diananing hech kim ko‘rmagan maktublari kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Malika Dianadan oilaviy do‘sti Rojer Bramblega 1990 yilning avgustidan 1997 yilning mayigacha yuborilgan noma’lum xatlar Angliyaning Kornuol shahrida “David Lay” auksioniga qo‘yildi.

Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.

Mutaxassislar ushbu xatlarni 30 ming funt sterling (40 ming dollar)ga baholashmoqda. Hammasi bo‘lib, auksionga sobiq malika tomonidan yozilgan 30 ta maktub qo‘yilgan.

Ta’kidlanishicha, xatlar Diana vafotidan keyin 23 yil davomida javonda saqlangan. Maktublarda Diananing turmush o‘rtog‘i Uels shahzodasi Charlz bilan ajrashishi, shuningdek, Uels malikasining o‘z joniga qasd qilish istagi haqida yozilgan.

O‘zi ismini oshkor qilishni istamagan xatlarni kimoshdi savdosi qo‘ygan fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, ushbu maktublar Diana haqida ko‘proq bilib olishga imkon beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!