Maktablarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning 90,1 % i oliy ma’lumotga ega

Maktablarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning 90,1 % i oliy ma’lumotga ega

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili boshiga respublikamizdagi umumta’lim muassasalarida jami 510 046 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Jami o‘qituvchilarning 53,1 % i qishloq maktablarida va 46,9 % i shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami o‘qituvchilarning:

— o‘rta maxsus ma’lumotlilar – 9,9 %

— oliy ma’lumotlilar – 90,1 %

Qayd etish kerakki, respublikamizda umumta’lim muassasalarida bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!