Maktab o‘quvchisi o‘zidan yo‘l haqi so‘ragan haydovchini do‘pposladi (video)

Maktab o‘quvchisi o‘zidan yo‘l haqi so‘ragan haydovchini do‘pposladi (video)

Rossiyada, Zerjinskda, trolleybuslardan birida haydovchi va yo‘lovchi o‘rtasida mojaro yuzaga keldi. Bunga maktab o‘quvchisining to‘lashi kerak bo‘lgan yo‘l haqi — 23 rublni berishni istamagani sabab bo‘lgan.

O‘smir va haydovchi o‘rtasidagi bahs dastlab og‘zaki bo‘lgan. Chiptachi hamda qolgan yo‘lovchilar vaziyatni xotirjamlik bilan kuzatishgan. Biroq keyinchalik kutilmaganda yo‘lovchi haydovchiga tashlangan. Ularni ajratgunlariga qadar yigitcha haydovchiga bir necha marta musht tushirishga ulgurgan. Keyin esa trolleybus eshigini kuch bilan ochib, jo‘nab qolgan. Haydovchi esa polisiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi yengil jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!