Maktab formasidan voz kechish uchun 9 ta sabab

A A A
Maktab formasidan voz kechish uchun 9 ta sabab

Joriy yilning 12 iyun kuni regulation.gov.uz portaliga «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokama uchun qo‘yilgan. Ushbu qaror loyihasi ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bloger Umid Gafurov maktab formasidan voz kechish taklifi bilan chiqdi va bunga 9 sababni keltirib o‘tdi. Quyida maktab formasidan voz kechishning 9 sababi to‘g‘risida batafsil o‘qishingiz mumkin.

Ta’lim sohasidagi ko‘plab formadan muhim muammolar mavjudligini bilaman. Ularga davlat tomonidan ko‘proq e’tibor va mablag‘ ajratilishi tarafdoriman.

Forma masalasini ham bir necha marta ko‘tarib kelganman, ammo hozirda butun O‘zbekiston bo‘ylab yagona forma joriy etilish arafasida.

Mening fikrim yangi qonunga qanday ta’sir qilishini bilmayman, ammo baribir aytib o‘tishni joiz ko‘rdim.

Yaqinda ushbu mavzu bo‘yicha Nodir Zokirov (link) jonli efirlarinii tomosha qildim. U kishining fikrlariga qo‘shilganim sababli, ular ba’zida takrorlanib keladi.

Tarixiy nazar:

Bilsangiz kerak, maktab formasi dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarda va totalitar hokimiyat rejimiga ega davlatlarga xos tushuncha. Albatta, istisnolar bor, lekin ko‘pchilik davlatlar forma – odamlarni boshqarish uchun vosita deb hisoblaydi. Chunki maktab formasi bolalikdan o‘z-o‘zini ifodalash va mustaqil shaxsning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Buyuk Britaniya zamonaviy maktab formasini joriy etgan birinchi mamlakatdir. Hozir ham, Buyuk Britaniyada va u bosib olgan (mustamlaka) ko‘plab mamlakatlarda (Hindiston, Avstraliya, Irlandiya, Afrika mamlakatlari) forma bor. Hatto Yaponiyaning mashhur formasi ham Britaniya Qirollik dengiz kuchlariga ishoradir.

Xo‘sh, nima sababdan inglizlar maktab formasini joriy qilganlar? Dastlab, maqsad turli ijtimoiy sinflardagi talabalarning o‘rtasida tenglik o‘rnatish bo‘lgan. Lekin bu uzoq davom etmadi. Ko‘p o‘tmay, xususiy elita (qimmat) maktablar o‘quvchilari uchun o‘z formalarini joriy eta boshlashdi. Boshqalardan ajralib turishlari uchun. Ya’ni kim qaysi maktabda o‘qishi (qanchalik boyligi) uning formasidan bilinar edi. Shuning uchun, forma old qismida maktabning katta logotipi (yoki gerb) mavjud. O‘shandan buyon bu urfga aylanib qoldi. Inglizlar an’analarni juda yaxshi ko‘radilar va ularni kamdan-kam hollarda o‘zgartiradilar. Shuning uchun u yerda monarxiya saqlanib qolgan (aslida faqat rasman). Binobarin, ko‘plab maktablarda ham forma haligacha bor.

Ko‘pgina boshqa rivojlangan davlatlarda maktab formasi va shunga o‘xshash narsalardan voz kechildi. Bunga AQSH, Germaniya, Fransiya, Kanada, Belgiya va boshqa ko‘plab misollar keltirish mumkin.

O‘zbekistonda qanday holat?

Sovet Ittifoqi bizga maktab formasi tushunchasini «olib keldi». Hatto armiyaga xos lineyka kabi tushunchalar haligacha bor:

Turli yillarda formadagi ranglar o‘zgarib keldi, lekin hamma joyda majburiy edi. Buning sababi oddiy – totalitar tuzum o‘rnatilgan edi. Sovet Ittifoqi qulaganidan so‘ng ko‘p mamlakatlar, shu jumladan, Rossiyaning o‘zi ham formani bekor qilganiga qaramay, O‘zbekistonda bu saqlanib qoldi. Hozirda bu oq ko‘ylak, qora shim/yubka. Faqat maktablarda emas, balki kollej va universitetlarda ham. Yaqin kelajakda esa butun mamlakat bo‘ylab bir xil formani joriy qilishga harakat qilishmoqda. Hatto dizaynerlar uchun ham tanlov e’lon qilindi. Lekin hozircha natijalar juda ham zo‘r emas…

Xo‘sh uniformami yoki ixtiyoriy kiyinish?

Ikkala tarafda ham yutuq va kamchiliklar mavjud.

Shaxsan men yagona maktab formasiga qarshiman. Kiyinishga oid har qanday majburiyatlarga qarshiman. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hech qachon galstuk taqishni talab etadigan joyda ishlamaganman.

Men, Nodir Zakirov singari, ta’lim muassasasida kiyinish qoidalari o‘rnatilishi (dress-code)   tarafdoriman. Bu AQSh va Kanadada qo‘llaniladi. Ya’ni, maktabga mayka va tapochka kiyib borish mumkin emas. Krossovka, jinsi va futbolkada – bemalol. Hijobda bemalol.

Buni eng yaxshi yechim deb o‘ylayman. Kichik yoshdagi bolalar atrofdagi jamiyatning qanday darajada turli tumanligini tushuna boshlashadi va maktabni bitirgandan so‘ng katta hayotga ko‘proq tayyor bo‘lishadi

Nega formaga qarshiman?

  1. Bu adolatsiz.

Bolada tanlash huquqi bo‘lishi kerak. Agar u kostyum bilan maktabga borishni xohlasa, boraversin. Agar ro‘molda (hijobda) kelmoqchi bo‘lsa, boraversin. Nima uchun bolalar nomidan qaror chiqarish kerak? Erkinlik huquqi nima bo‘ldi? Hatto Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyada ham bu bayon etilgan. Majburiy forma bolalarda o‘zini o‘zi ifodalashiga xalaqit beradi. Bundan tashqari, shaxsiy did rivojlanishiga ham to‘sqinlik qiladi.

  1. Bu xunuk.

Balki, siz uchun bu chiroylidir, ammo men uchun metroga tushganimda faqat oq ko‘ylak kiygan talabalar g‘alati ko‘rinadi. Ular inkubatordan chiqqan jo‘jalarga o‘xshashadi. Biroq, o‘quvchilar o‘zlarini bunga qarshi emas. O‘rganib qolishgan. Maktabda shunday kiyingan bo‘lsa. Bitiruvdan so‘ng ham shunday kiyinadi. Ishonmaysizmi? Unda ayting-chi, nima uchun O‘zbekistonda odamlar qora, kulrang yoki oq ranglarni afzal ko‘rishadi? Misol uchun, metro qishda:

Oyoq kiyimlariga e’tibor bering. Asosan tufli. Qora rangda. Kundalik hayotda krossovkalar qulayroq bo‘lsa ham, bizning xalqimiz bolalikdan odat bo‘lgan poyabzallarini sotib olishni afzal ko‘radi. O‘zbekistondagi o‘rtacha 40 yoshli odamni tasavvur qiling. U oq ko‘ylakda, yelkasi sal kattaroq kostyum kiygan va qora tuflida. Futbolka va krossovkada tasavvur qilish qiyin ha? Nega? Bu juda ham qulay ku. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Ko‘pchiligimiz «GM Uzbekistan»dan monopoliya va tanlov yo‘qligi uchun nafratlanishadi. Unda nega bolalarga tanlov huquqini bermayapmiz?

  1. Bu noqulay.

Qulaylik haqida gapirar ekanmiz, o‘zingizni 7-10 yoshda tasavvur qiling. Ko‘ylakmi yoki futbolka. Qaysi biri qulay? Poyafzal chi? Krossovka yoki tufli? Maktab bog‘ida tuflida yugurish unchalik zavqli bo‘lmasa kerak? Oyoq uchun ham va poyafzal uchun ham zarar. Shu sababli ota-onalar ko‘pincha bir necha juft tufli sotib olishadi. Bola sal-pal sho‘xroq bo‘lsa poyafzali tezda yirtiladi. Boshlang‘ich sinflarda esa barcha bolalar sho‘x.

  1. Bu ortiqcha bosh og‘riq

Qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, forma har doim toza bo‘lishi kerak. Shuning uchun bolalarga bir nechta ko‘ylak sotib olishadi. Ko‘ylaklar esa arzon emas. Yoki bitta ko‘ylakni har kuni yuvish kerak. Bu ham arzon emas. Axir bunga qancha vaqt va harakat ketadi. Bir kunda ko‘ylak yuvish va dazmollashga yarim soat ketsa, bir oyda 15 soat ketar ekan.

Agar o‘quvchida bitta ko‘ylagi bo‘lib, kir bo‘lib qolsachi? U maktabga bormaydimi?

  1. Bu qimmat.

Har qanday forma. Hatto eng arzon materiallardan tikilgani allaqachon olingan futbolkalardan arzon emas. Yangi futbolka va djinsi ham formadan qimmat emas. Bundan tashqari, ularni kundalik yuvish va dazmollash ham qimmat (agar vaqtni qadrlasangiz).

  1. Bu ijtimoiy muvozanatni o‘rnarish usuli emas

Do‘stimning so‘zlarini keltiraman:

Ona oq ko‘ylak va qora shim kiygan bolasini qo‘lidan yetaklab keldi, keyin oq ko‘ylak va qora shim kiygan boshqa bola Toyota Landcruiserdan tushdi. Birinchi bola cho‘ntagidan eski Siyemensni chiqaradi, ikkinchisining qo‘lida iPhone X.

Ular teng. Ikkalasi ham forma kiygan-ku?!!!

(c) Po‘lat Tajimuratov

Aytgancha, nima uchun sohta muvozanat o‘rnatishga harakat qilamiz? Bu normal holatku. Har qanday jamiyatda boy va kambag‘allar bor. Bolalarga bu holatni to‘g‘ri qabul qilishni va tushunishni o‘rgatish yaxshiroq emasmi? O‘zi bolalar buni yaxshi tushunishadi. Faqat ota-onalar, negadir, haliyam sohta muvozanat pardasida yashab kelmoqda.

  1. Bu tartib-intizom emas.

Shaxsan men uchun maktab formasi – intizom emas. Aniqrog‘i, forma orqali intizom o‘rnatish juda ham g‘alati, nazarimda.

Aksincha, bola o‘zi uchun noqulay va o‘ziga yoqmaydigan sharoitda o‘ssa, qanday intizom bo‘ladi?

Bundan tashqari, maktab, birinchi navbatda, bilim olish joyi. Biz ijodiy rivojlangan va aqlli bolalar istaymizmi, yoki bizga tartib-intizomli robotlar kerakmi?

  1. Bu eskirdi.

Men bir majburiy forma kabi tushunchalar 21-asrda mavjud bo‘lmasligi kerak deb o‘ylayman. O‘zbekiston ilg‘or va zamonaviy davlat bo‘lishni istar ekan, , katta sarmoya jalb etishni istar ekan, islohotlar boshlashni istar ekan, bolalar uchun erkinlik muhitini yaratishimiz kerak.

  1. Bu korruptsiyaga sabab bo‘ladi.

Hisoblab ko‘rdingizmi? O‘zbekistonda 5,6 million o‘quvchi bor. Yangi maktab formasi necha pul turadi? 100 000 so‘m bo‘lsa ham, bu 70 million dollar degani. 70 million dollar siz-u bizning pulimiz! Bolalar o‘sishi va forma yangilanishi kerakligini hisobga olsak… Hammasi ochiq tanlov, korrupsiyasiz bo‘lishiga ishonasizmi? Men ishonmayman. 70 mln dollar turganda, korrupsionerlar qarab turmaydi.

Asosiysi, forma ilmiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Aksincha, atrofda hamma narsa va odamlar bir xil bo‘lgan muhitda rivojlanish bo‘ladimi? Yoki siz 20 yil oq ko‘ylak va qora shim kiygan odamdan qandaydir kashfiyotlar kutyapsizmi?

Maktab formasini tarafdori bo‘lgan odamlarni tushunaman. Ularning ko‘pchiligi shunga ko‘nikib ketishgan, ko‘p yillar davomida «ishlab kelgan» tizimni o‘zgartirmoqchi emaslar. Ammo tizim ishladimi o‘zi?!

Ko‘pshilik maktablarda tartibsizlik boshlanadi, bolalar sinfdoshlariga o‘zini ko‘z-ko‘z qiladi deb qo‘rqyapti. Bu faqatgina bolanining ota-onasi tarbiya darajasini ko‘rsatadi. 7 yashar bola hech qachon o‘zini ko‘rsatishga bormaydi maktabga. Bunga aynan ota-onalar sababchi. Menimcha ular «Kimning bolasi krutoyroq» tanlovida doim bellashib kelishadi.

Biz yaxshisi bolalarda insoniyat, mehr-shafqat, odamiylik, adolatlilik va halollik tuyg‘ularini tarbiyalashimiz kerak. Ayniqsa bolada o‘ziga bo‘lgan ishonch va hurmatni oshirish kerak, shunda sinfdoshidagi yangi iPhone unda hasad uyg‘otmaydi. Aks holda, bitirganidan keyin hokimning jiyani mingan inomarka bolani depressiyaga tushurishi mumkin.

Hayot shunday. Buning hech qanday uyaladigan joyi yo‘q.

Boshqa davlatlarda bunday muammolar yo‘q-ku. Nima, ularda boy va kambag‘allar yo‘q deb o‘ylaysizmi? Hammasi birdek o‘qib ulg‘ayib kelyapti-ku mana. Shuni ham uddasidan chiqa olmaymizmi?

Ongni o‘zgartirish vaqti keldi, uni maktabdan boshlash kerak. Hatto bog‘chadan. Aks holda, biz yillar davomida bosgan izimizdan chiqa olmaymiz.

Bu formalar haqidagi fikrlarim edi. Sizga manzur bo‘lgan bo‘lsa, o‘rtoqlaringiz bilan ulashing.

E’tiboringiz uchun tashakkur!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.