Majburiy ijro byurosi yangi bosqichga o‘tmoqda

Majburiy ijro byurosi yangi bosqichga o‘tmoqda

Sud-huquq islohotlari avvalambor, qonun ustuvorligini ta’minlash orqali xalqimizning huquqlarini himoyalashni maqsad qilgan!

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) organlari sud hamda boshqa organ hujjatlarining ijro etilishini va amalda odil sudlovni ta’minlaydi.

MIB organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar 51 trln. so‘mlik hujjatlarning ijrosi ta’minlanib, undiruv miqdori 64  foizga oshdi.

Bugungi kunda, ijro hujjatlarining yagona elektron bazasi to‘liq ishga tushirildi.

Yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali 32 ta tashkilotlar bilan axborotlar integrasiya qilinmoqda.

Bu boradagi ishlarni jadallashtirish bilan birga, mavjud kamchiliklarni ham bartaraf etish muhim masala bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumki, joriy yilning 17 noyabr kuni Davlatimiz rahbari Muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida sud hujjatlari ijro etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Majburiy ijro byurosiga bir qator aniq hamda muhim topshiriqlar berildi.

24 noyabr kuni esa, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi.

Bu Farmon MIB organlarining faoliyatini tartibga solish va samaradorligini mustahkamlashga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi.

Xususan, tarixan qisqa vaqt ichida ijro ishini yuritish sohasida MIB tomonidan 50,9 trln. so‘m amalda undirilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yillarning mos davriga (31 trln.) nisbatan 19,9 trln. so‘mga yoki 64 foizga oshgan.

Olib borilgan keng qamrovli tushuntirish ishlari natijasida qariyb 17 mingta oilalar yarashtirilishiga erishildi.

Xalqaro hamkorlik masalalari yanada yaxshilandi.

Avvalgi tizimdan farqli o‘laroq, MIB xalqaro maydonda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda.

Jumladan, MIB 2018 yilda Sud ijrochilari xalqaro ittifoqining uyushgan a’zoligiga qabul qilindi.

Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlar ijro xizmatlari bilan ikki tomonlama manfaatli aloqalar o‘rnatildi.

Ushbu qabul qilingan hujjat bilan endilikda, ijro harakatlarini masofaviy olib boradigan 15 ta tumanlararo ixtisoslashgan bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mol-mulklarning sotilishida aholiga yana ham qulaylik yaratish uchun  xatlangan mol-mulklarning elektron nazorat qilish tizimi joriy etilmoqda.

Doimo dolzarb bo‘lgan aliment ishlari voyaga yetmagan bolalarning kelajagi bilan bog‘liqdir.

Shu bois, 2021 yildan boshlab aliment pullarini hisoblash va to‘lash ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu esa, alimentlarning undiruvchilarga o‘z vaqtida tezkor ravishda yetkazilishini ta’minlaydi.

Kelib tushayotgan e’tiroz va takliflar, shuningdek MIB xodimlarining kasbiy etikasi va madaniyatini oshirish, ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘z ko‘nikmalarini oshirib borishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!