Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi

Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi

«Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar berdi «Huquqiy axborot» kanali.

Qarorga muvofiq, maishiy chiqindilarni tashish qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanib, O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi bosh direktorining «Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Qoidalarda, jumladan, quyidagilar belgilandi:

maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil qilish tartibi;

qattiq, suyuq, yirik gabaritli va qurilish chiqindilarini yuklash hamda tashish tartibi;

maishiy chiqindilarni poligonlarga (chiqindixonalarga) joylashtirish tartibi;

chiqindi tashishga ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini belgilash tartibi;

ixtisoslashtirilgan transport vositasi va uning ekipajiga, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!