Mahmud Murodov g‘alabasidan so‘ng UFC prezidentiga nima dedi?

Mahmud Murodov g‘alabasidan so‘ng UFC prezidentiga nima dedi?

UFC bilan shartnoma imzolagan ilk o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov UFC prezidenti Dana Uaytdan nega uning Instagram sahifasiga hozirgacha obuna bo‘lmaganini so‘radi. Bu haqda Dana Uayt UFC 257 turniri yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlardan biri undan jangdan so‘ng Murodov nega uning Instagram sahifasini kuzatib bormayotgani haqida so‘ragani rostmi deya savol berdi.

“Men unga seni endi kuzatib boraman dedim”, - deya buni tasdiqladi UFC prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mahmud Murodov Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasida amerikalik Endryu Sanchesni texnik nokautga uchratib, uchinchi g‘alabasiga erishgani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!