Mahbusdan prezidentga aylangan Japarov: Qirg‘iziston o‘z "Tramp"iga ega bo‘ldimi?

Mahbusdan prezidentga aylangan Japarov: Qirg‘iziston o‘z "Tramp"iga ega bo‘ldimi?

Sobiq mahbusdan bosh vazirga aylangan millatchi Sadir Japarov Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlarida katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi, deb yozadi Financial Times xalqaro biznes gazetasi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Japarov qamoqdan mamlakatning sobiq prezidenti va uning hukumatiga qarshi qo‘zg‘olon vaqtida ozod qilingandi. Ozodlikdan keyin Japarov bosh vazir, keyin esa prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu Markaziy Osiyo davlatida 2005 yildan beri davlat rahbarining uchinchi ag‘darilishi edi.

Ushbu tezkor hokimiyat almashinuvi Qirg‘izistondagi beqarorlikni, shuningdek respublikada mintaqalar o‘rtasida to‘qnashuvlarning mavjudligini aniq ko‘rsatib berdi, bu esa mamlakatni keksayib qolgan diktatorlar va avtokratiyalar hukmron bo‘lgan mintaqadagi yagona ko‘p partiyali demokratik davlatga aylantirdi.

Biroq, siyosiy notinchlik va millatchi qirg‘izning hokimiyat tepasiga kelishi Rossiyada xavotirni kuchaytirdi, chunki u mamlakatda harbiy bazaga ega va bu post-sovetdan keyingi Markaziy Osiyo mintaqasiga ta’sir o‘tkazish uchun Xitoy bilan kurashmoqda, deya ta’kidlaydi maqola muallifi.

Biroq, Japarov yuz minglab qirg‘izistonlik mehnat muhojirlari mehnat qilayotgan Rossiya bilan yaqin aloqalarni davom ettirish niyati borligini e’lon qildi, ularning pul o‘tkazmalari mamlakat iqtisodiyotining hal qiluvchi ustunini tashkil etadi.

"Rossiya bizning strategik sherigimiz", dedi Japarov yakshanba kuni jurnalistlarga Bishkekdagi saylov uchastkasida saylov byulletenini saylov qutisiga tashlab qo‘yarkan.

Mamlakat saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 52 yoshli Japarov 81 foiz ovoz olgan.

Japarovning hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun bir vaqtning o‘zida milliy referendum o‘tkazildi va uning ishtirokchilarining 81,3 foizi mamlakat parlamentining ta’sirini kamaytirish orqali prezident rolini kuchaytirish taklifini qo‘llab-quvvatladilar, bu ba’zi tahlilchilarning fikriga ko‘ra, mamlakatda siyosiy plyuralizmga putur yetkazishi mumkin.

Vashingtonda joylashgan Xalqaro xavfsizlik ishlari kolleji assistenti professor Erik Marat Japarovni "Qirg‘iz Trampi" deb atadi, uning saylanishi "yana bir o‘zgaruvchan va qattiq avtoritarizmning boshlanishi" bo‘lishi mumkin.

"Prezidentlik tizimining joriy etilishi bitta maqsadga xizmat qiladi – "Qirg‘iz Trampi"ning kuchini amaldagi Konstitusiya ruxsat berganidan ko‘proq oshirish, shuningdek, Putin, Nazarboyev va boshqalardan o‘rnak olib, uning markaziy rolini ifoda etish", - deya ta’kidladi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!