Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida fors-major holatlarini tasdiqlash tartibi belgilandi

Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida fors-major holatlarini tasdiqlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (231-son, 07.06.2023 y.) bilan Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📋 Nizomga ko‘ra, fors-major holatlar Savdo-sanoat palatasi raisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiriladigan sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.

📝 Talabgor fors-major holatlarni tasdiqlash bo‘yicha sertifikat olish uchun Savdo-sanoat palatasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki uning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qiladi.

🗓 Palata taqdim etilgan hujjatlarni 1 ish kunida ko‘rib chiqadi.

➡️ Hujjatlarda kamchilik bo‘lsa, talabgorga to‘liq taqdim etilmagan ma’lumot va hujjatlarni 10 kun ichida taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuboriladi.

📁 Fors-major holatlar mavjudligini tasdiqlash yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror 15 kun muddatda qabul qilinadi.

❕Sertifikat berish rad etilgan taqdirda, 3 kun muddatda talabgorga asoslantirilgan javob xati yuboriladi.

📲 Sertifikat rasmiylashtirilgan taqdirda, talabgorga 1 kun ichida ma’lum qilinib, sertifikat rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi.

🔄 Sertifikat muddatsiz davrga beriladi. Sertifikat bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, faqat arizada ko‘rsatilgan shartnomaviy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

⚠️ Mazkur tartib tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!