Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko‘rsatiladi

Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko‘rsatiladi

“Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–300-son, 29.06.2022 y.) qabul qilindi

✅ Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 iyuldan Mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

🏢 Qaror bilan Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi tashkil qilindi.

🔰 2022 yil 1 noyabrgacha:

🔹mahallalardagi xotin-qizlar faollari har 2 haftada Hududiy shtablarga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

▫️xonadonlar ahvoli, oilalarning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji;
▫️oilalarga aniq ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlar;
▫️murakkab operasiyalarga, nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga ehtiyoji bo‘yicha buyurtmalar;

🔹Hududiy shtablar ushbu ma’lumotlarni o‘z hududi kesimida umumlashtirgan holda 2 kunda Muvofiqlashtirish shtabiga yuboradi;

🔹Muvofiqlashtirish shtabi kelib tushgan ma’lumotlar asosida 3 kunda haqiqatda ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand bo‘lgan oilalarga Hududiy shtab a’zosining mas’ul xodimi tomonidan manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini tashkillashtiradi.

❗️Shuningdek, 2022-2023 yillarda respublika bo‘yicha jami 827 780 nafar (shundan joriy yilda 383 565 nafar) xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash nazarda tutilgan.

🗓 2022 yil 1 avgustdan dastlab Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda (2022 yil 1 noyabrdan respublikaning boshqa barcha mahallalarida) “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.

💰Mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga BHMning 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!