Mag‘lubiyat alami: Ronaldu jurnalistlar bilan gaplashishni istamadi (video)

Mag‘lubiyat alami: Ronaldu jurnalistlar bilan gaplashishni istamadi (video)

Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida Ayaks dan mag‘lub bo‘lgan Yuventus futbolchilari o‘yindan keyin ham xarakter ko‘rsata olishmadi.

O‘yindan so‘ng jurnalistlar ikkala jamoa a’zolari bilan suhbat uyushtirishdi. Amsterdam jamoasi vakillari xursand kayfiyatda savollarga javob qaytarishdi. Keyin esa gollandiyalik va mahalliy jurnalistlar turinlik futbolchilarni kutib turishdi. Ammo ular bilan intervyu qila olishmadi. Ayniqsa, Ronaldu bilan suhbatlashishni istab turgan muxbirlar ham bunday imkoniyatga ega bo‘lishmadi. Quyidagi videoda Yuventus futbolchilarining o‘yindan keyingi holati va jurnalistlarga reaksiyasini ko‘rishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!