Madridda 25 maydan karantin cheklovlari qisman bekor qilinadi

Madridda 25 maydan karantin cheklovlari qisman bekor qilinadi

Ispaniya hukumati poytaxt Madridda koronavirus tarqalishi kamaygani tufayli karantin cheklovlarinining ba’zisini 25 maydan boshlab bekor qiladi, deya xabar berdi Madriddagi sog‘liqni saqlash tashkiloti.

Ispaniya may oyining boshida karantindan bosqichma- bosqich chiqishni boshlagandi. Ayni paytda Madriddagi cheklovlar Ispaniyaning boshqa hududlari bilan bir xil.

Madridda dushanbadan boshlab barlar va restoranlar o‘zlarining tashqaridagi maydonlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, odamlarning ko‘pi bilan o‘n kishi bo‘lib to‘planishlariga ruxsat beriladi.

Epidemiya boshlangandan beri Ispaniyada 234 824 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, bir sutka davomida 446 nafar bemorda kasallik qayd etildi. 

Qurbonlar soni esa 28 668 nafar bo‘lib, 150 ming kishi sog‘aygan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!