Lukashenko juma kuni muhojirlar bilan uchrashuvda ularga oziq-ovqat va issiq kiyim va’da qildi

Lukashenko juma kuni muhojirlar bilan uchrashuvda ularga oziq-ovqat va issiq kiyim va’da qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko juma kuni Belarus va Polsha o‘rtasidagi chegarada qolishni ma’qul ko‘rgan va vataniga qaytishni xohlamayotgan muhojirlar bilan uchrashuvda ularga oziq-ovqat va issiq kiyim va’da qildi.

"Mening vazifam sizlarga, ya’ni muammoga duch kelgan odamlarga yordam berishdir", dedi Lukashenko, Bruzgi omboridagi muhojirlar joylashtirilgan muassasaga tashrifi chog‘ida.

"Biz, belaruslar, shu jumladan men, polyaklar, latviyaliklar va boshqalar uchun yomon bo‘lsa ham, hamma narsani siz xohlaganingizcha qilamiz."

“Biz siz bilan birga sizning orzuingiz yo‘lida kurashamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Lukashenko.

8 noyabrdan beri, asosan, Yaqin Sharqdan bo‘lgan katta guruh Belorussiyaning Polsha bilan chegaradagi o‘tish joyida qolib ketgan. Ularning aksariyati vatanidagi mojarolardan yoki umidsizlikdan qochib, Germaniya yoki boshqa G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga borishni maqsad qilgan.

Lukashenko yana bir bor Germaniyani muhojirlarni qabul qilishga chaqirdi.

Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Zaybert juma kuni Lukashenkoning Germaniya hozirda Belarusda bo‘lgan 2000 muhojirni qabul qilishga rozi bo‘lgani haqidagi da’volarini qat’iyan rad etgan.

Lukashenkoning aytishicha, hozirda Belarusda, chegaradagi 2 mingga yaqin odamdan tashqari yana 2-3 ming muhojir qolmoqda.

Prezident Belarus hukumati ularga o‘z vatanlariga qaytishga yordam berishini va’da qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!