Lukashenko: "Hozir Belarusdan ketgan shifokorlar mamlakatga qaytib kiritilmaydi"

Lukashenko: "Hozir Belarusdan ketgan shifokorlar mamlakatga qaytib kiritilmaydi"

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Polshaning koronavirusga qarshi qarshi kurashish uchun so‘ragan yordamiga ijobiy javob bermoqchi bo‘lgan shifokorlarga murojaat qildi. Tibbiyot xodimlariga chet elga ketishni taqiqlar ekan, Lukashenko Belarusdan chiqib ketgan shifokorlar mamlakatga boshqa qayta olmasliklarini ta’kidladi.

"Bizning shifokorlarimizdan Polshaga borib, COVID-19ga qarshi kurashda aholiga va davlatga yordam berishlarini so‘rashadi. Men sizni ogohlantirmoqchiman: bizda ortiqcha shifokorlar yo‘q. Biz o‘zimiz xalqimizni davolashimiz kerak. Biz hech kimni ushlab turmaymiz. Ammo shuni bilingki, bugun mamlakatdan ketsangiz, qaytib kelmaysiz, o‘sha yerda ishlaysiz va orzu qilgan pullaringizni topaverasiz", – dedi Lukashenko.

Lukashenko bir necha kun oldin Polsha koronavirusga qarshi kurashni yo‘lga qo‘yish uchun xorijdan, shu jumladan Belarusdan shifokorlarni taklif qilish niyati borligini ta’kidlagandi.

Davlat rahbari bu tahdid emas, balki hukumatning topshirig‘i ekanligiga e’tibor qaratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!