Angliya va Uels Oliy sudi inson huquqlari faollarining Buyuk Britaniyaning Isroilga F-35 qiruvchi samolyotlari uchun butlovchi qismlar yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi da’vosini rad etdi.
Bu haqda sudyalar Stiven Meyls va Karen Steyn qarorida aytilgan.
2024 yil sentyabr oyida Buyuk Britaniya hukumati Isroilga bir qator harbiy mahsulotlarni eksport qilish uchun ruxsatnomalarni to‘xtatdi. Bu avvalroq berilgan 350 ta qurol eksporti lisenziyasidan 30 tasiga tegishli. Cheklovlar, xususan, dronlar va harbiy vertolyotlar uchun komponentlar, shuningdek, quruqlikdagi nishonlarga qurolni boshqarish tizimlariga ta’sir ko‘rsatdi. Biroq, Isroil F-35 samolyotlari uchun AQSh orqali yetkazib beriladigan komponentlar uchun istisno qilingan.
Shundan so‘ng Falastinning Al-Haq inson huquqlari tashkiloti faollari London tomonidan yetkazib berilgan qurollar G‘azo sektorida xalqaro gumanitar qonunlarni buzish uchun ishlatilishi mumkinligini aytib, London sudiga Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi ustidan da’vo arizasi bilan murojaat qildi. "Biz da’vogarning sentyabr qaroriga e’tiroz bildirish uchun barcha asoslarini rad etamiz", - dedi Meyls va Steyn o‘z qarorida, harbiy tovarlar eksportini cheklash bo‘yicha qarorlarni sud emas, Britaniya hukumati qabul qilishi kerakligini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўз тарихида илк марта жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий жамоасининг айни пайтдаги вақтинчалик бош мураббийи Тимур Кападзе истеъфога чиқарилиб, унинг ўрнига Пауло Бентуни бош мураббий этиб тайинланиши мумкинлиги ҳақидаги хабар Хитой матбуотида умид учқунларини уйғотди.
Бутун дунёда ҳомиладор аёлларнинг ярмидан кўпи оғриқ ва иситмани даволаш учун қабул қиладиган парацетамол (ацетаминофен) болаларда асаб тизими ривожланишининг бузилиши хавфи билан боғлиқ бўлиши мумкин.
БМТнинг Фаластинлик қочқинларга ёрдам кўрсатиш агентлиги (UNRWA) маълум қилишича, Исроилнинг Ғазога қарши 23 ойлик уруши 660 минг болани кетма-кет учинчи йил ҳам мактабдан маҳрум қилмоқда.
Венесуэла вице-президенти ва нефть вазири Делси Родригес АҚШга қарши кескин баёнот билан чиқиб, Вашингтонни мамлакат ички ишларига аралашмасликка ва Венесуэла ҳудудидан узоқроқ туришга чақирди.
Давлат хавфсизлик хизмати ва ички ишлар ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда мазкур ер майдонидан жами 247 туп каннабис ўсимлиги ва 27 кг 708 гр марихуана ашёвий далил сифатида олинди.