London Putinga yaqin bo‘lgan shaxslarga qarshi yangi sanksiyalar tayyorladi

London Putinga yaqin bo‘lgan shaxslarga qarshi yangi sanksiyalar tayyorladi

Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini e’lon qildi.

Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverlining so‘zlariga ko‘ra, jazo choralari «Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylari tayanadigan shaxslar va tashkilotlarga qaratilgan bo‘lib, Rossiyaga iqtisodiy bosimni tezlashtirish, uning harbiy mashinasiga putur yetkazish va Ukrainaning g‘alaba qozonishiga yordam berish uchun mo‘ljallangan».

Gap harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi oltita kompaniya, bitta tashkilot va Rossiya Federasiyasining sakkiz fuqarosi haqida bormoqda.

Xususan, Putinning do‘sti va kursdoshi, rossiyalik biznesmen Nikolay Yegorov, Putin rejimining moliyaviy bazasini yaratishda ishtirok etgan deb hisoblanadigan «Ozero» kooperativi asoschilaridan biri Viktor Myachin sanksiyalar ostida qoladi.

Bundan tashiari, «Abrau-Dyurso» kompaniyalar guruhiga egalik qiluvchi biznes-ombudsman Boris Titov, Regnum axborot agentligi bosh muharriri Sergey Rudnov va mustaqil matbuotda Rossiya prezidentiga yaqin bo‘lgan «Rossiya» bankining minoritar aksiyadori Svetlana Krivonogixga jazo choralari joriy etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!