Liz Trass iste’foga chiqqanidan keyin Boris Jonson Buyuk Britaniyaga qaytadi

Liz Trass iste’foga chiqqanidan keyin Boris Jonson Buyuk Britaniyaga qaytadi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson 22 oktyabr kuni o‘z vorisi Liz Trass iste’foga chiqishi fonida Karib dengizidagi ta’tildan mamlakatga qaytadi, dedi Britaniya parlamenti deputati Jeyms Daddrij PA nashriga bergan izohida.

“Men boshliq bilan WhatsApp orqali bog‘landim. U qaytib ketmoqchi. U shunday dedi: “Men qaytib kelaman, Dudders. Biz buni uddalaymiz. Men bunga tayyorman”, - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

20 oktyabr kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Qirollik mudofaa vaziri Ben Uolles bundan keyin ta’kidlaganidek, u bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilmaydi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni damda u Boris Jonson nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!