"Liverpul" "Real" yosh yulduzini sotib olish fikridan qaytmagan

"Liverpul" "Real" yosh yulduzini sotib olish fikridan qaytmagan

"Liverpul" "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverdeni sotib olmoqchi. O‘tgan yozda mersisaydliklar urugvaylik futbolchini 100 million yevroga xarid qilmoqchi edi, biroq bu taklif rad etilgan. Ammo 2023 yilning yozida "Liverpul" Valverdeni qo‘lga kiritish uchun yangi urinishlar qilishga tayyor. Bu haqda Football365 xabar bermoqda.

Avvalroq mersisaydliklar urugvaylik futbolchining transferi uchun transfer oynasi yopilishiga ikki kun qolganda 100 million yevro to‘lashga tayyor ekani, ammo Madrid klubi futbolchini qo‘yib yuborishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng "Liverpul" braziliyalik Arturni "Yuventus"dan bir mavsumga ijaraga oldi.

Shu tariqa, bu transfer ingliz klubi tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin. Ayni damda "qizillar" tarixidagi eng yirik xarid Virjil van Deyk bo‘lib turibdi. "Sautgempton" himoyachi sotuvidan 84,65 million yevroga ishlab olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!