Lisichansk Rossiya va LXR qo‘shinlari nazorati ostiga o‘tdi

Lisichansk Rossiya va LXR qo‘shinlari nazorati ostiga o‘tdi

Lisichanskga boradigan va qaytayotgan barcha muhim yo‘nalishlar Rossiya va Lugansk Xalq Respublikasi qo‘shinlari tomonidan nazorat qilinmoqda, Lisichansk-Artemovsk avtomagistrali butunlay to‘sib qo‘yilgan, dedi LXR elchisi Miroshnik.

Ukraina qurolli kuchlari tunda Lisichanskni ommaviy ravishda tark etishgan. LXR Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, faqat so‘nggi 24 soat ichida besh yuz nafar ukrainalik jangchi va 8-10ga yaqin xorijiy yollanma chiqib ketgan.

Ma’lumot uchun, Lugansk viloyatining shimoli-g‘arbida joylashgan Lisichank Ukraina qo‘shinlarining mustahkam himoyalangan pozisiyalaridan biri edi. Qo‘shinlar asosan shahardagi neftni qayta ishlash zavodi hududida o‘rnashib olishgan edi.

Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukrainaning 108-bataloni Lisichansk neftni qayta ishlash zavodi hududida to‘liq mag‘lubiyatga uchragan. 350 kishidan faqat 30 nafari qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!