Lionel Messi: “Uydan ko‘chaga chiqmaslik vaqti keldi”

Lionel Messi: “Uydan ko‘chaga chiqmaslik vaqti keldi”

Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalmoqda. Futbol olamida taniqli futbolchilar, murabbiylar va klub prezidentlari COVID-19 virusini yuqtirib olish holati kuzatilmoqda. Kataloniyaning "Barselona" klubi futbolchisi Lionel Messi ushbu holatga o‘z munosabatini bildirdi, deya xabar berdi "qalampir.uz".

"Koronavirus pandemiyasi insoniyat uchun xavfli tus olganidan xavotirdamiz. Ushbu virusni yuqtirib olganlar, koronavirus sabab hayot bilan kurashayotganlarga yordam berishni istaymiz. Ularning oila a’zolariga sabr tilaymiz. Koronavirusga chalinganlarga bor kuchimiz bilan yordam beramiz. 

Odamlar salomatligi doimo birinchi o‘rinda turishi kerak. Bunday vaziyatda sog‘liqni saqlash tashkiloti va davlat organlarining ko‘rsatmalariga rioya qilish kerak. Chunki bu, koronavirus bilan samarali kurashishning yagona yo‘li. Mas’uliyatli bo‘lib, uydan ko‘chaga chiqmaslik vaqti keldi. Bundan tashqari, bu sizning yaqinlaringiz bilan yaxshi vaqt o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bunday imkoniyatdan har doim ham foydalanolmaymiz. Bunday qiyin vaziyatni barchamiz birdamlik bilan yengib o‘tamiz", deydi Lionel Messi

Ma’lumot o‘rnida, hozirga qadar 162 654 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 6069 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 76 219 kishi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!