Lavrov eshikni adashtirib yuborgan Poroshenkoning ustidan kuldi

Lavrov eshikni adashtirib yuborgan Poroshenkoning ustidan kuldi

Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov Ukraina prezidenti xato tufayli BMTdagi Rossiya delegasiyasining xonasiga kirib ketgani ustidan kuldi. Bu haqda «Kommersant’» yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, Ukraina prezidenti tadbirlardan biriga ketayotgan bo‘lgan, lekin eshiklarni adashtirib yuborib, Rossiya tashqi ishlar vaziriga muzokaralar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonaga kirib ketgan. Poroshenko tezda xonani tark etib, Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob qaytarishdan bosh tortgan. Ukraina prezidenti ularni «feyk-nyus», deb atagan.

«Ehtimol, hojatxonani adashtirib yuborgandir», - deya aytib o‘tdi Lavrov.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!