Kutilmagan hazil: «Manchester Yunayted» aksiyalari narxi 17 foizga qimmatlashdi

Kutilmagan hazil: «Manchester Yunayted» aksiyalari narxi 17 foizga qimmatlashdi

Milliarder Ilon Mask Twitter akkauntida «Manchester Yunayted» klubini sotib olishi to‘g‘risida hazil qilib yozganidan so‘ng klub aksiyalari narxi 17 foizga oshdi, deb xabar berdi CNBC telekanali.

Keyinroq aksiyalar narxi pasaydi va savdolar yopilishi vaqtiga kelib bir aksiya narxi 12,78 dollarni tashkil etdi.

Ma’lumot berilishicha, Mask «Manchester Yunayted»ni sotib oladigan bo‘lsa, bu unga taxminan 2 mlrd dollarga tushgan bo‘lardi.

Tesla asoschisi chorshanba kuni Twitter akkauntida «Manchester Yunayted»ni sotib olayotganini yozdi. Obunachilar savoliga javob berarkan, u bu tvitiga jiddiy e’tibor bermasliklarini so‘radi.

«Bu Tvitterdagi eski hazil. Men hech qanday sport klubini sotib olmayapman», — deb yozdi u.

Shu bilan birga, Mask bolaligidagi eng sevimli klubi «Manchester Yunayted» bo‘lganini ta’kidladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!