Kutib oling! Endi rangli tishlar urfda

Kutib oling! Endi rangli tishlar urfda

Moda olami hamisha o‘zgaruvchan dunyo. Uni to‘xtatishning hecham iloji yo‘q! Deyarli har kuni moda olamida yangicha urf kirib keladi.

Bu safargi moda esa qolgan barcha urflarni ham ortda qoldirdi deya ayta olamiz. Rangli tishlar! Noodatiy, shunday emasmi?! Ammo Gollivud yulduzlari allaqachon bu uslubni o‘zlarida sinab ko‘rishga ulgurdilar.

Ushbu tishlarning ranggi hamda ta’mini didga qarab tanlab olish mumkin. Aytish joizki, yangi trend nafaqat ayollar, balki erkaklar orasida ham juda ommalashdi.

Foydalanuvchilarning ta’kidlashlaricha, lak hech qanday ta’mga ega emas va ovqatlanish vaqtida yo‘qolib ketmaydi. Biroq professional stomatologlar ushbu vositaning xavfsizligini shubha ostiga olishdi, chunki uning tarkibi haqida hech narsa ma’lum emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!