Kursk viloyatida favqulodda holat joriy etildi
kraina Qurolli kuchlarining hujumi munosabati bilan Kursk viloyatida favqulodda holat joriy etildi.
Bu haqda Kursk gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyatning Ukraina bilan chegara hududlarida murakkab operativ vaziyat saqlanib qolmoqda.
"Dushman kuchlarining mintaqaga kirib kelishi oqibatlarini bartaraf etish uchun men 7 avgustdan Kursk viloyatida favqulodda holat joriy etishga qaror qildim", — deya aniqlik kiritdi Smirnov.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)