Kunlar yana isib ketadimi?

Kunlar yana isib ketadimi?

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 12-13 dekabr kunlari kuz-qish mavsumi uchun birinchi eng sovuq haroratlar kuzatilishi mumkin.

14 dekabr kunidan boshlab haroratlar asta-sekin ko‘tarilib boradi. Hatto janubiy viloyatlarda kunduz kuni havo harorati +13 darajagacha, shimolda +0 daraja, boshqa viloyatlarda +5 darajagacha iliq haroratlar bo‘lishi kutilmoqda.

12-14 dekabr kunlari uchun yog‘inlar 12 dekabrda asosan qor ko‘rinishida bo‘lishi aytilgan. 13-14 dekabr kunlari esa havo ochiq, yog‘insiz quruq izg‘irin bo‘lishi prognoz qilingan.

"Ko‘p bora ta’kidlaganimizdek, joriy qutbiy sovuq antisiklon ta’siri respublikada davomli emas", deydi Erkin Abdulahatov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!