Kundalik elektron jurnalida baholarni qo‘yish va o‘zgartirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Kundalik elektron jurnalida baholarni qo‘yish va o‘zgartirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Kundalik elektron sinf jurnalida baholarni qo‘yish va o‘zgartirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda Ta’lim nazorati inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kundalik elektron sinf jurnalida 15 apreldan boshlab cheklov o‘rnatiladi. Endilikda kiritilgan chorak va yillik baholarga hududiy boshqarmalarga rasmiy xatsiz o‘zgartirish kiritish imkoniyati bo‘lmaydi.

Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahri bosh boshqarmasi va viloyatlar boshqarmalariga tegishli ravishda xat kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!