Kun hazili: Samarqandda stadionni suv bosdi: futbol "otmen", navbat suzishga (foto)

Kun hazili: Samarqandda stadionni suv bosdi: futbol "otmen", navbat suzishga (foto)

Bugun yurtimizda yog‘ingarchilik tufayli turli ko‘ngilsiz voqealar, suv toshqinlari, tog‘li joylarda sel kelishi kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda. Aniq.uz nashri tomonidan bu haqda ko‘plab noxush xabarlar taqdim etildi. Ammo, pozitiv va quvnoq yurtdoshlarimiz suv bilan bog‘liq ushbu hodisaga butunlay boshqacha nigoh bilan qaramoqda. Ulardan biri, Zafarjon Solijonov ismli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi quyidagi suratni o‘z sahifasida e’lon qildi.

Suratda Samarqanddagi suv bilan to‘lgan stadion aks etgan. Samarqandda stadionni suv bosgani sabab Dinamo - Navbahor o‘yini qoldirilib, suv yetarlicha bo‘lgani bois suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berilishi ko‘zda tutilgan , deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!