Ko‘chmanchilar o‘yinida 75 ta davlat ishtirok etishi rasman tasdiqlandi

Ko‘chmanchilar o‘yinida 75 ta davlat ishtirok etishi rasman tasdiqlandi

Parlamentning Ijtimoiy-madaniy rivojlanish qo‘mitasi yig‘ilishida Turizm va sport vaziri Yermek Marjiqpayev Astana shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlariga tayyorgarlik qanday ketayotgani haqida ma’lum qildi.

“Astanada bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlariga 100 dan ortiq davlatdan 3 mingga yaqin kishidan iborat delegasiyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Bugungi kunda 75 ta davlat o‘z ishtirokini rasman tasdiqladi”, - dedi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 110 ta medallar jamlanmasi, jumladan, 20 ta raqobatbardosh va 10 ta ko‘rgazmali sport turlari bo‘yicha baholanadi.

“Musobaqa ot sporti, milliy kurash, kamondan otish, an’anaviy intellektual o‘yinlar bo‘yicha o‘tkaziladi”, – deydi Yermek Marjiqpayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!