KUCHLI TA’SIR QILUVCHI MODDALARNI SOTISHGA URINGAN SHAXSLARGA SUD HUKMI O‘QILDI

KUCHLI TA’SIR QILUVCHI MODDALARNI SOTISHGA URINGAN SHAXSLARGA SUD HUKMI O‘QILDI

Giyoxvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga qarshi kurash bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotganicha yo‘q.

Mamlakatimizda fuqarolarni ushbu illatdan muhofaza qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etish va ularga chek qo‘yish orqali ko‘plab fuqarolarning hayoti va kelajagi saqlab qolinishiga erishilmoqda.

Ana shundan tadbirlardan birida O.A, U.Sga kuchli ta’sir qiluvchi modda “Tropikamid” dori vositasining 90 donasini sotishga kelishib, Yozyovon tumani Xotira maydonida xaridordan dori vositalari uchun 5.000.000 so‘m pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, A.Oning arizasiga ko‘ra, Farg‘ona tumani Vodil maxalla fuqarolar yig‘ini hududida boshqa shaxslar M.D va Q.Sh gurux bo‘lib, A.O.ga tarkibida ko‘p miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan 90 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur jinoyat ishi tuman sudi tomonidan ochiq sud majlisida ko‘rilib, sudlanuvchilarga JKning tegishli moddalari bilan jazolar tayinlangan bo‘lsa, ashyoviy dalil tariqasida olingan giyohvandlik vositalari qonunda belgilangan tartibda yo‘q qilinib, shuncha miqdordagi ajal og‘usining zarar yetkazishi oldi olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!