“Krokus”dagi teraktdan keyin qo‘lga olingan chechenistonlik Moskvadagi polisiya bo‘limida vafot etgan

“Krokus”dagi teraktdan keyin qo‘lga olingan chechenistonlik Moskvadagi polisiya bo‘limida vafot etgan

22 mart kuni kechqurun, “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan keyin qo‘lga olingan chechenistonlik Asxab Uspanov noma’lum sabablarga ko‘ra bir necha soatdan keyin vafot etgan. Bu haqda “Agentstvo” nashri Uspanovning onasiga tayanib xabar bergan.

Uning aytishicha, Uspanov rafiqasining ish joyiga ketayotganida, avtobus bekatida qo‘lga olingan. Dastlab u rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilgan, ammo polisiya bo‘limiga kelmaslikni, chunki unga qarshi hech narsa yo‘qligini aytgan. Keyinroq yana qo‘ng‘iroq qilib, rafiqasidan bo‘limga kelishni so‘ragan va polisiyachilarga “qo‘pollik qilgani”ni aytgan. Rafiqasi ikki soatdan keyin bo‘limga yetib borganida, unga “eri endi yo‘qligi”ni aytishgan.

Chechenistonning 1ADAT muxolifat Telegram-kanali da’vo qilishicha, Uspanov ushlanganidan keyin qiynoqqa solingan, qovurg‘alari va umurtqasi singan, bo‘g‘ish va gematoma izlari bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!