Kreml Zelenskiyni «Putinning tinchlik taklifi haqida o‘ylashga» chaqirdi

Kreml Zelenskiyni «Putinning tinchlik taklifi haqida o‘ylashga» chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev uchun harbiy vaziyat yomonlashgani sababli Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning tinchlik taklifini ko‘rib chiqishi kerak. Bu haqda Rossiya OAVlariga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Bir vaqtlar Zelenskiy hokimiyatga tinchlik bayrog‘i ostida va tinchlik o‘rnatish va Ukrainani qutqarish niyatida kelgan. Doim kursisini mahkam ushlamasligini, Vatanim uchun hamma narsaga tayyorman, deb gapirardi. Keling, vaziyatni yanada yomonlashtirmaslik uchun u hamma narsaga tayyormi yoki yo‘qligini ko‘ramiz», — dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Putin har safar tinchlik tashabbuslarini bildirganida va siyosiy va diplomatik kanalga kirishga urinishlar bo‘lganida, joylarda ma’lum shartlar mavjud bo‘ladi, har safar ular Ukraina uchun yomonlashadi».

«Frontdagi vaziyatning hozirgi dinamikasi ukrainaliklar uchun bundan keyin ham yomonlashishini aniq ko‘rsatib turibdi. Ehtimol, Vatan manfaatlarini o‘z va hatto xo‘jayinlaridan ham ustun qo‘ygan siyosatchi bunday taklif haqida o‘ylardi», — deya qo‘shimcha qildi Kreml vakili.

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti tomonidan bildirilgan taklif «ultimatum emas, bu yerdagi voqelikni hisobga olgan holda qilingan tinchlik tashabbusi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!