Kreml Rossiyadagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi

Kreml Rossiyadagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi

Noqonuniy migrantlarga nisbatan choralar doimiy asosda qabul qilinishi lozim. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov brifing davomida shunday fikrni bildirdi.
Peskov qonunga rioya etilishini ta’minlash hukumat uchun mutlaqo ustuvor vazifa hisoblanadi.
“Noqonuniy migrantlarga nisbatan choralarga kelsak, ular doimiy asosda qabul qilinishi shart. Migrasion rejimda qonunchilikni ta’minlash mutlaqo ustun hisoblanadi”, - deya javob berdi u mamlakatda migrantlarga oid federal darajada biror bir qaror qabul qilinishi kerakmi yoki yo‘q degan savolga.
Peskov Moskva viloyatida vaziyat keskinlashgandan keyin Rossiyada migrantlarga nisbatan biror chora qabul va muhokama qilinmaganini ta’kidladi.
“Yo‘q, bu holtda biror bir qaror qabul qilingani yo‘q, va bu hozir muhokama qilinmayapti”, - deya javob berdi Kreml vakili tegishli savolga.
Peskov aniq bir mintaqadagi har bir vaziyat xususiyatini inobatga olish zarurligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!