Kremenchugdagi savdo markaziga hujum oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Kremenchugdagi savdo markaziga hujum oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda hozirgina Ukraina Davlat Favqulodda Xizmatida ma’lum qilindi. Vayronalarni tahlil qilish davom etmoqda, avvalroq 20 ga yaqin odam halok bo‘lgani, 59 kishi yaralangani va 40 ga yaqin odam bedarak yo‘qolganligi ma’lum edi.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyun kuni Rossiya Kremenchugdagi yo‘l texnikasi zavodiga raketa hujumi uyushtirgan, biroq raketalardan biri 10 daqiqa oldin havo hujumi haqida ogohlantirish yangragan savdo markaziga ham kelib tushgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!