Kredit qarzdorligi uchun qarzdorning “Cobalt” rusumli avtomashinasi...

Kredit qarzdorligi uchun qarzdorning “Cobalt” rusumli avtomashinasi...

Majburiy ijro byurosi Furqat tuman bo‘limi ish yurituvida FIB O‘zbekiston tumanlararo sudining qarorlariga asosan qarzdor D.R.dan ATB "Mikrokreditbank" foydasiga 14 mln 407 ming 466 so‘m kredit, AT "Savdogarbank" foydasiga 28 mln 741 ming 900 so‘m, TIF “Milliybank” foydasiga 54 mln. so‘m kredit qarzlarini, shuningdek, Qo‘qon shahar IIB YYXB ning tegishli qaroriga asosan 122 ming 500 so‘m ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogoxlantirilgan bo‘lsada, qarzlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganligi sababli qarzdorga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashina xatlanib “E-ausion.uz” elektron savdo platformasiga qo‘yilgan edi.

Bugun auksion savdo natijasiga ko‘ra avtomashina 90 mln 461 ming 748 so‘mga sotilib, sotuvdan tushgan mablag‘ qarzdorning kredit qarzlarini, ma’muriy jarimalar hamda ijro yig‘imlarini qoplashga qaratildi va ijro hujjatlari tamomlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!