Bankda krediti bor yoki kredit olmoqchi bo‘lgan ko‘pchilikda shunday savol tug‘ilishi mumkin. «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda fuqarolarga qachon chet elga chiqishni cheklash holatlari keltirib o‘tilgan.
☑️ Bankdan kredit olgan shaxs kredit shartnomasi shartlariga muvofiq to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelayotgan bo‘lsa xorijga chiqishiga hech qanday cheklov bo‘lmaydi.
❌ Krediti bor shaxs faqat bitta holatda xorijga chiqa olmaydi. Qarzdorlik sudga oshirilib sudning hal qiluv qarori chiqarilganda va kredit qarzdorligi ijroga (MIB) qaratilganda chet davlatga chiqishga taqiq qo‘yiladi.
👉 Xorijga chiqishga cheklov bor yoki yo‘qligini bilish uchun ariza beruvchi YAIDXP(my.gov.uz)da ro‘yxatdan va/yoki avtorizasiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi. Tizim avtomatik tarzda ijro xujjatlari asosida qarzdorlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtinchalik cheklov qo‘yilganlik holati mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Xizmat bepul amalga oshiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.