Koronavirusni o‘ldiradigan mahsulot topildi

Koronavirusni o‘ldiradigan mahsulot topildi

Fransiyadagi Monpelye universiteti tadqiqotchilari koronavirusni o‘ldiradigan mahsulot topishdi. Ularning fikriga ko‘ra, karam - koronavirusning yangi shtammini o‘ldiradi. Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri xabar qildi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, karam ko‘p iste’mol qilinadigan mamlakatlarda koronavirusdan o‘lim holatlari kamroq bo‘lgani kuzatilgan. Xususan, Germaniya va Janubiy Koreyada infeksiyadan o‘lim ko‘rsatkichlari past.

Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, karam tarkibida koronavirusning og‘ir kechishiga xalaqit beradigan moddalar mavjud. Tuzlangan karam tarkibida esa antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular organizmni patogenlardan himoya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!