Koronavirusga qarshi Rossiya dorisi O‘zbekistonga yetkazildi

Koronavirusga qarshi Rossiya dorisi O‘zbekistonga yetkazildi

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar jamg‘armasi va XimRar dori-darmon shirkati koronavirusga qarshi "Avifavir" preparatini O‘zbekistonga yetkazib bergan. Boshqa kompaniyaning "Areplivir" vaksinasi ham O‘zbekistonga olib kelinishi oldin aytilgandi. Bu haqda "Zed News" telegram kanali xabar tarqatdi.

Shuningdek, "Avifavir" hozirgacha Belarus, Boliviya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistonga yetkazilgan. Yana 17 mamlakat, jumladan, Argentina, Bolgariya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Ekvador, Salvador, Honduras, Kuvayt, Panama, Paragvay, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Slovakiya, JAR, BAA va Urugvayga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

2020 yil mayda "Avifavir" Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining guvohnomasini olgan va COVID-19 infeksiyasini davolashga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi preparatga aylangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!