Koronavirusga qarshi kurashda Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda

Koronavirusga qarshi kurashda Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda

Ma’lumki, qat’iy chora-tadbirlar tufayli Xitoy Xalq Respublikasi koronavirus infeksiyasini jilovlashga muvaffaq bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan COVID-19 koronavirus infeksiyasining oldini olishdagi profilaktik choralar va davolash borasidagi tajribalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi tashkil etildi.

Unda O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Pokiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Nepal, Afg‘oniston, Hindiston va Ukraina kabi qator davlatlarning vakillari ham ishtirok etdi.

Videoselektor davomida xitoylik mutaxassislar tomonidan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘rilgan qat’iy profilaktik choralar, ushbu virusni davolash va oldini olishdagi faoliyat amaliy misollar bilan batafsil tushuntirildi.

Jumladan, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarni zudlik bilan izolyasiyaga olib, davolash choralarini ko‘rish, ushbu virusga gumon qilinganlarni esa darhol karantinga olish, aholini o‘rnatilgan tartib intizomga so‘zsiz rioya qilishi, shifokorlarning tavsiyalariga asosan, odamlarning shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishlarini ta’minlash choralari koronavirus infeksiyasini davolash va tarqalishining oldini olishda alohida ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

E’tiborli tomoni, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida xitoylik mutaxassislar tomonidan qayd etilgan barcha zarur choralar vaqtida va muntazam amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda Xubey provinsiyasidan tashqarida bo‘lgan shifoxonalarda yangi turdagi koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning soni 282 kishigacha kamaygani, mamlakatda davolangan bemorlar 87,9 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar 37 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!