Koronavirus Rim papasining uyiga “hujum qildi”

Koronavirus Rim papasining uyiga “hujum qildi”

Papa Frensiskning shaxsiy xonadoni joylashgan Vatikandagi Avliyo Marfa Uyida koronavirus infeksiyasi qayd etildi.

Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, xastalikka chalingan bemor izolyasiyaga yuborilgan, ammo unda koronavirus alomatlari yo‘q. U bilan aloqada bo‘lganlar ham alohidalangan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Avliyo Marfa Uyida yashovchi har bir kishining salomatligi nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!